
Ushbu darslik maktab o'qituvchi va o'quvchilari uchun oson va tushunarli tarzda yaratilgan qo'shimcha online kurs bo'lib, o'qituvchilarga yenggilik maqsadida yaratilgan
Kundalik hayotni elektr energiyasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Uyimizdagi lampochka, televizor, muzlatgich, radio, dazmol, elektr choynak, kompyuter kabi jihozlar elektr energiyasi bilan ishlaydi. Zavod va fabrikalarda ham elektr energiyasi muhim manba hisoblanadi.
Shuning uchun u hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Elektrning kashf etilishi insoniyat taraqqiyotiga katta turtki berdi. Bugungi kunda elektrotexnika, radiotexnika, elektronika, avtomatika, axborot va nanotexnologiyalar sohalarida olimlar hamda muhandislar izlanishlar olib bormoqda.
Yangi kashfiyotlar bu tarmoqlarning yanada rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Fizika darslarida siz elektr hodisalari, elektr va magnit maydon, elektr toki, elektromagnit hodisalar, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish hamda elektr asboblarning ishlash prinsipi bilan tanishasiz.
1 ta bo'lim • 1 ta dars
Mavzular noldan boshlab bosqichma-bosqich, chuqur tushuntiriladi va amaliy topshiriqlar bilan mustahkamlanadi.
Barcha video darslar va materiallar istalgan vaqtda, istalgan qurilmada siz uchun ochiq bo'ladi.
Kursni muvaffaqiyatli tamomlagach, platforma tomonidan rasmiy tasdiqlangan maxsus sertifikat beriladi.